TIQXMMI yangiliklari

img
26.10.2023

Ijodiy fikrlashni rivojlantirish san'ati

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova, Gidrotexnika qurilishi fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari J.Yarashev va Gidrotexnika qurilishi fakulteti tyutorlari D.Xursandova hamda X.Saidovalar  tomonidan Gidrotexnika qurilishi fakulteti 4- kurs talaba yoshlari bilan “Ijodiy yondashuv orqali muammolarni hal etish yo'llari” mavzuida davra suhbati va trening tashkil etildi.

Tadbir talabalarning ta'lim olishlari, taraqqiyoti, tarbiyasi, kasbiy shakllanishlari, turmushga tayyorgarlik, o'zaro munosabat va muomala, muloqot sirlari, tengdoshlar munosabati va dunyoqarashlari, qobiliyat, iqtidorlarini shakllantirish maqsadida uyushtirildi. Tadbir davomida kreativlikni shakllantirish va rivojlantirish borasida qiziqarli ma'lumotlar berib o'tildi. Talabalarning  kayfiyatlarini pozitiv tomonga o'zgartirishga mo'ljallangan o'yin va mashg'ulotlar o'tkazildi va natijalari muhokama qilindi. Barcha ishtirokchilar tadbirda faol qatnashishdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati