TIQXMMI yangiliklari

img
25.11.2021

 Ijarada yashovchi talabalar  xonadonlariga tashrif

2021 - yil 24 - noyabr kuni “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetining 1-kurs 104 va 105 - guruh murabbiyi “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti A.Tabaev, katta o‘qituvchi M.Raxmatalievlar o‘zlariga biriktirilgan guruhlardagi har bir ijarada va yaqin qarindoshlarinikida yashovchi talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishish maqsadida talabalar istiqomat qilayotgan uylarga tashrif buyurdilar.

Guruh murabbiyi M.Raxmataliev o‘ziga biriktirilgan 1-kurs 4-guruhidan ijarada yashovchi talabalar M.Nazirjonov va F. Anvarjonovning xonadonlariga hamda yaqin qarindoshining uyida yashovchi talabalar S.Sayfutdinov va J.Qalandarovning xonadonlariga, guruh murabbiyi A.Tabaev o‘ziga biriktirilgan 1 - kurs 5 - guruhidan ijarada yashovchi talabalar M.Qaxxarov va O.Valijonovining xonadonlariga hamda yaqin qarindoshining uyida yashovchi talabalar A.Tuzelova, X.Aliboeva va Sh.Pirnazarovining xonadonlariga tashrif buyurib, har bir talabaning yashash sharoitlari bilan bilan tanishib, suhbat o‘tkazdilar.

Suhbat jarayonida har bir talabaga sanitariy-gigienik talablari, yashash sharoiti odob-axloq qoidalari, gazdan foydalanish talablari, kompyuter vositalari, internetdan foydalanish qoidalariga rioya qilish kerakligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

 

 

 

  

TIQXMMI matbuot xizmati