TIQXMMI yangiliklari

img
09.06.2023

Hunarli inson xor bo'lmas

Kasb tanlash - har bir inson hayotidagi eng muhim tanlovlardan biri. Kasb - nafaqat daromad topish manbayi, balki umrning asosiy qismi sarflanadigan faoliyat hamdir. Qaysi kasbni tanlash haqida bir qarorga keldingiz, deylik. Endi o’zingizni shu yo’nalishda sinab ko’rish kerak.

Buning uchun turli o’quv-guruhlari bo’lgan ko’plab ixtisoslashgan maktablar va kurslar mavjud bo’lib, ular transport vositalari mexanikasidan tortib, tadbirkorlikkacha o’zingizni sinab ko’rish imkoniyatini beradi. Professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga jalb qilish hamda Professional ta’lim yo’nalishining sir-asrorlari va unga qo’yilgan talablar bilan 2023 - yil  9 - iyun kuni “Professional ta’lim” kafedrasi professori Zuxra Ismailova, kafedra mudiri Dilrabo Muqumova hamda kafedra dotsenti Durdona Mustafoyevalar tomonidan Yangiyo’l tumani 2-sonli kasb-hunar maktabi bitiruvchilari o’rtasida suhbat o’tkazildi.

Suhbat chog’ida universitetda ta’lim oluvchilarga bo’lgan imkoniyatlar hamda ularni zamonaviy bilimlar egallashlari uchun barpo etilgan zamonaviy o’quv-laboratoriya xonalari va dam olish uchun yaratilgan sharoitlar alohida ta’kidlab o’tildi. Suhbatdan so’ng universitet bo’ylab sayohat uyushtirildi. Bitiruvchilarga kelgusi o’qishlarida katta zafarlar tilab qolamiz.

Universitet matbuot xizmati