TIQXMMI yangiliklari

img
03.08.2022

Huawei kompaniyasi bilan universitet rektori uchrashuvi bo'lib o'tdi

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti va “Huawei Tech Investment Tashkent” kompaniyasi hamkorligida “Raqamli Universitet” konsepsiyasi ishlab chiqilgan edi. 2021 yili ushbu konsepsiyani III-fazasi “Аqlli qishloq va suv xoʼjaligi” model xoʼjaligi ishga tushirildi. 
Navbatdagi uchrashuvda Universitet rektori Bahodir Mirzayev va "Huawei TIT" bosh direktori Chen Szyakay Raqamli universitet konsepsiyaning II-fazasi «Smart Library» yaʼni kutubxonada talabalarga qulay sharoit yaratish va tezkor axborot almashish hamda samarali xizmat koʼrsatishga qaratilgan loyihasini amalga oshirish boʼyicha muhokama qilindi.

"TIQXMMI"MTU matbuot xizmati