TIQXMMI yangiliklari

img
19.01.2024

“Harbiy sport o‘yinlari” tashkil etildi

Joriy yilning 17-yanvar kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanziatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti sport majmuasida 14-yanvar Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan talabalar o‘rtasida “Harbiy sport o‘yinlari” tashkil etildi. Mazkur (arqon tortish, turnikka tortilish, tosh ko‘tarish, armrestling) kabi sport musobaqalari nizomi ishlab chiqilib tasdiqlandi. Shu bilan birgalikda musobaqada qatnashadigan jamoalarning arizalari qabul qilinib olindi.

Ushbu o‘tkazilgan “Harbiy sport o‘yinlari”da universitetda tahsil olayotgan harbiy kafedrada bilim olayotgan talabalar hamda universitetda tashkil etilgan “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari ishtirok etishdi. Musobaqa davomida universitet talabalari o‘zlarining sportga bo‘lgan qiziqishlari va mahoratlarini namoyish etishdi.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar:

1-o‘rin-Ubaydullayev Abbos

2-o‘rin-Azimov Azizbek

3-o‘rin-Qo‘ldoshev Rustam

O‘tkazilgan harbiy sport musobaqalarida g‘olib bo’lgan talabalar maxsus diplomlar bilan taqdirlandilar.