TIQXMMI yangiliklari

img
16.03.2023

Har kunimiz Navro'z bo‘lsin

"TIQXMMI" Milliy Tadqiqot Universiteti" 4 - talabalar turar joyida joriy yilning 15 mart kuni "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti tyutorlari D.Xursandova va X.Saidovalar va xotin-qizlar bo'yicha dekan maslahatchisi F.Yunusova boshchiligida fakultet talaba qizlari tomonidan o'lkamizga kirib kelayotgan yasharish-yangilanish bayrami munosabati bilan "Har kuning bo'lsin Navro'z " shiori ostida tabdir bo'lib o'tdi. Tadbirda qizlarimiz ko'k somsa, sumalak, bahoriy salatlar, bahoriy milliy taomlar  tayyorlab chiroyli dasturxon atrofida jam bo'lishdi.  Talaba qizlarimiz bahor va navro'zni tarannum etuvchi she'rlar hamda milliy musiqalarga sahnalashtirilgan raqslari bilan tadbirga yanada ko'rk qo'shdi.

 Barcha milliy bayramlar qatori Navro'z bayramini ham ko'tarinkilik bilan, fasli navbahor  ayyomiga sog'-salomat yetkazganidan shukronalik ruhi har bir talaba-qizimiz qalbida ufurib turdi.

                                                                                           GTQ fakulteti tyutori D.Xursandova axboroti

Universitet matbuot xizmati