TIQXMMI yangiliklari

img
21.05.2024

G‘oliblar taqdirlandi

Universitetimizning “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasida “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” fanidan respublika fan olimpiadasining I bosqichi o‘tkazildi. Olimpiadada 10 dan ortiq talabalar o‘z kuchlarini sinab ko‘rishdi. Bellashuv 4 bosqichda o‘tkazildi.

G‘oliblar:

1-o‘rin, Rashidov Javohir (“Mexatronika va robototexnika” yo‘nalishi).

2-o‘rin, Isakov Sayidjon (“Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketing” yo‘nalishi).

3-o‘rin, Junaydullayev Husan (“Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketing” yo‘nalishi).

G‘oliblar yakunda maxsus diplom va tashakkurnomalar hamda kafedra tomonidan tashkillashtirilgan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.