TIQXMMI yangiliklari

img
11.05.2023

G‘oliblar taqdirlandi

Barchamizga ma’lumki respublika fan olimpiadalarining 1-bosqichini o’tkazish uchun mart oyidan boshlab start berilgan edi. Universietimizning “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi ham “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” fanidan Respublika fan olimpiadasining 1 – bosqichini muvoffaqiyatli o’tkazdi. Ushbu fandan 20 ga yaqin talaba ishtirok etdi va yakuniy natijalarga binoan Jumaniyozov Jahongir (TTTEM yo’nalishi 313-guruh) 1-o’rin, Rashidov Javohir (TTTEM yo’nalishi 209-guruh) 2-o’rin, Tursunboyev Javohir (TTTEM yo’nalishi 314-guruh) 3-o’rinlarni egalladi. G’oliblarga maxsus sertifikatlar va estalik sovg’alari topshirildi. Kafedraning tajribali professor-o’qituvchilari yoshlarga o’zlarining iliq fikrlarini bildirib o’tishdi. G’olib talaba Jumaniyozov Jahongirga respublika bosqichida ham omad tilab qolamiz.