Gidrotexnika qurilishi

img

Gidrotexnika qurilishi

Fakultet dekani

Hasanov Baxriddin Baratovich

texnika fanlari doktori, professor

Qabul kunlari: Chorshanba: 10:00-13:00

tel.: (+998 71) 237-22-36

E-mail: b.hasanov@tiiame.uz

Veb-sayt: www.he-tiiame.uz

1946 yilda birinchi ayol-irrigator T.A.Kolpakova tashabbusi bilan «Kichik va o‘rta gidroelektrostansiyalarni qurish» fakulteti tashkil etilgan va keyinchalik «Gidrotexnika qurilishi», «Daryodagi gidrotexnika inshootlari va GES qurilishi» fakulteti nomlari bilan faoliyat yuritgan. Institutning tashkiliy tuzilmasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga mos holda 1991 yildan “Irrigatsiya injenerlari tayyorlash o‘quv-ilmiy markazi”da va 1996 yildan “Gidromelioratsiya” fakulteti tarkibida “Suv xo‘jaligi qurilishi” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlangan. 2004 yildan fakultet «Irrigatsiya gidrotexnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanish» nomi bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 3 noyabrdagi “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarini oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” 311-sonli qaroriga asosan fakultet “Gidrotexnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanish” nomi bilan faoliyat yuritdi. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi PQ-3003-sonli qaroriga binoan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga aylantirildi va fakultetga “Gidrotexnika qurilishi” nomi berildi. Respublikamiz va Sobiq Ittifoq Respublikalari xalq xo‘jaligi, shu jumladan suv xo‘jaligi qurilishi va energetika tizimi uchun fakultet 73 yillik faoliyati davrida 6000 ga yaqin, chet mamlakatlar uchun 100 dan ortiq malakali mutaxassislar tayyorlab berdi. Fakultet bitiruvchilari Sayano-Shushinsk, Bratsk, Toktog‘ul, Nurek, Ust-Ilimsk, Chorvoq GES lari, Andijon, Tolimarjon, Hisorak suv omborlari, Tuya-Mo‘yin, To‘polon gidrouzellari qurilishlarida ishlab-chiqarish amaliyotlarini o‘tishgan. Hozirda ular yuqorida keltirilgan ob’ektlarda va respublikamizning boshqa suv xo‘jaligi hamda energetika tizimi ob’ektlarida, yirik gidrotexnik inshootlarni ekspluatatsiya qilishda, havza boshqarmalarida, suv xo‘jaligi qurilishi tashkilotlarida, viloyatlar nasos stansiyalari boshqarmalarida faoliyat yuritishmoqda.