TIQXMMI yangiliklari

img
02.04.2024

"Gidromelioratsiya" fakulteti "Milliy liboslar" sayiliga barchani taklif qiladi!

Barcha bahoriy kayfiyatda yurgan bir davrda yana bir bayram o'tkazishga imkon yaratildi. 2024-yil 1-aprel kuni  "Gidromelioratsiya" fakul’teti xotin-qizlar masalalari bo’yicha kengash rejasi va a’zolari tomonidan “Milliy liboslar kuni” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining  2024-yil  21-fevraldagi  15-sonli bayonnomasining 18-bandiga asosan yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlar va an’analarimiz ruhida tarbiyalash maqsadida har oyning oxirgi haftasini “Milliy liboslar haftaligi” deb belgilanganligi munosabati bilan oʻtkazildi.

Tadbirda fakultet dekanat xodimlari, kafedra mudirlari va professor-oʻqituvchilar, laborant va xodimlar hamda talabalar oʻzbek milliy liboslarida faol ishtirok etdilar.

Tadbirda oʻzbek milliy liboslarining ahamiyati va uning jamiyatdagi oʻrnini yanada yuksaltirish maqsadida aytishuvlar, she'rxonlik va askiya san’ati yoritib berildi.   Tadbirlar yana davomiy bo’lishi uchun musiqalar ostida xushkayfiyatda milliy raqslar bilan yakunlandi. Bayram ketidan bayram bo’lsin aziz ustozlar!

“Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Beknazarova axboroti

Universitet matbuot xizmati