TIQXMMI yangiliklari

img
26.04.2024

“Geoinformatika qo’shma tadqiqot markazi”da seminar trening tashkil etildi

2024-yil 20-aprel kuni “Yer resurslarini barqaror boshqarish va kadastr tizimi - (SUSLAND-2024)” xalqaro konferensiyasi davomi sifatida “Geoinformatika qo’shma tadqiqot markazi”da Obuda universiteti professori Dr.Verone Malgorzata ishtirokida “Object based image analysis (OBIA)” nomli seminar-trening tashkil qilindi. Seminar-treningda  eCognition dasturidan foydalanib Sentinel2 va Landsat TM ma’lumotlari asosida turli tahlillarni bajarish bo’yicha bilim va ko‘nikmalar berildi.

Ushbu bilimlar kelajakda soha mutaxassisi sifatida shakllanish hamda masofadan zondlash ma’lumotlaridan foydalanib yuqori aniqlikdagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, olingan ma’lumotlarni boshqa dasturlarga integratsiya qilish va shu kabi bir qator muammoli masalalarni tizimli hal qilishda yordam beradi.

Bundan tashqari, seminar-trening ishtirokchilari geoinformatika sohasida xalqaro tajribalar asosida hududni vaqt va mehnat sarfini tejagan holda o‘rganib chiqish, ma’lumotlarni tahlil qilish, bashoratlash va tavsiyalar berish ko‘nikmalarini egallashdi. Faol talaba, magistrant va ilmiy tadqiqotchilar sertifikat bilan taqdirlandilar. Seminar-trening davpmida universitetlar hamkorligini mustahkamlash va kelajakda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish borasida taklif-tavsiyalar berildi.

“11.00.07 – Geoinformatika” ixtisosligi tayanch doktoranti Dilshoda Norboyeva axboroti