Fuqaroligi bo'lmagan shaxslar uchun

FUQAROLIGI BO‘LMAGAN ABITURIENTLAR UCHUN TALAB QILINADIGAN HUJJATLAR

Fuqaroligi bo‘lmagan (O‘zbekistonda BG pasporti borlar) shaxslar(abiturientlar) uchun "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universitetida ro‘yxatdan o‘tish uchun faqat original pasport olib kelish talab qilinadi.

Pasport ma’lumotlari bazaga kiritiladi va pasportdan skaner va abiturientni rasmga olib bazaga yuklanadi. So‘ngra ushbu kiritilgan ma’lumotlar asosida Abiturientlar quyidagi ilovalar orqali onlayn ro‘yxatga olinishlarini o‘zlari kiritishi mumkin bo‘ladi:

  1. Davlat test markazi rasmiy veb-sayti (https://abitur.dtm.uz/)
  2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz/)

Ro‘yxatga olish jarayonida quyidagi hujjatlarning ma’lumotlari kiritiladi:

  1. Pasport ma’lumotlari (universitetda kiritilgan ma’lumotlar avtomatik chiqadi);
  2. Umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat ma’lumotlari;
  3. Abiturient imtiyozga ega bo‘lsa imtiyozni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari.