TIQXMMI yangiliklari

img
07.10.2022

Finlandiyalik professor universitetimizga tashrif buyurdi

    Evropa Ittifoqining  Erasmus+ dasturi loyihasi doirasida yangi Bioiqtisodiyot magistratura dasturi doirasida bu yil qabul qilingan magistrantlarga dars berish maqsadida Finlandiyaning JAMK amaliy fanlar universiteti professori Tuija Manerus Toshkent davlat agrar universitetiga tashrif buyurdi. Shunigdek "BioEcUz" loyihasining “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti ishchi guruhi bo‘lgan professor o‘qituvchilar bilan  uchrashish maqsadida  bugun universitetimizga tashrif buyurdi. Mehmonni loyiha koordinatori Sh.Raxmonov kutib oldi va “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi professori B.Karimovning xonasida suhbatlashildi.

    Bunda  “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekani professor R.Xakimov va  "Davlat kadastrlari" kafedrasi mudiri, dotsent Q.Raxmonovlar va boshqalar qatnashdilar. Ushbu davra suhbatida O‘zbekistondagi ichimlik suvi, oqava suvlar va chiqindi suvlarni qayta tozalash jarayoni haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek Finlandiydagi  mavjud suv tozalash tizimi va ichimlik suvini aholiga еtkazib berishgacha bo‘lagan jarayonlar haqida so‘zlab berildi. Davra suhbati yakunida kelgusida birgalikda loyihalarda qatnashish uchun kelishib olindi.

“BioEcUz” loyihasi yordamchi koordinatori I.Bozarov axboroti 

Universitet matbuot xizmati