TIQXMMI yangiliklari

img
14.06.2023

Fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi amaliyotda

Universitetimizning «Elektrotexnika va mexatronika» kafedrasida 6072290 – Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi (Elektr va eleкtron texnikalar) va 60711500 – Mexatronika va robototexnika ta’lim yo’nalishlari talabalarining amaliyotiga alohida ahamiyat berilmoqda. Ushbu ta'lim yo'nalishlarida 2022 - 2023 o'quv yili 4 + 2 tizimida tashkil etildi va talabalar 5 oy davomida haftada 2 kun Yashnobod “Texnopark” MChJ da injener- texnik xodimlar bilan birgalikda murakkab mexatron tizimlar va robotlashtirilgan stanoklarda nazariy bilimlarini amalda mustahkamlashdi.

Bunday amaliyotni tashkil etishda “Texnopark” MChJ ning “Sinov laboratoriyasi” menejeri Iqboljon Ergashev va “Oliy o’quv yurtlari bilan ishlash bo’limi” mutaxassisi Diyorjon Parpievlar jonbozlik ko’rsatishdi. Shu tufayli ular universitetimizning maxsus tashakkurnomasiga sazovor bo’lishdi. Quyida tashakkurnomani topshirish jarayonidan lavhalar keltirilgan.