TIQXMMI yangiliklari

img
30.08.2022

Ehtiromli e'tirof

Insonning xizmatlari doimiy tarzda e'tirof etilishi haq. Bir paytlari mashhur bo‘lgan ushbu ibora tuzum va tizim almashingan paytda ham o‘z qiymatini aslo, yo‘qotmaydi. Hech kim, hech narsa, hech qachon unutilmaydi.  O'zbekison Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan Fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va OAV xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi. Ular orasida oliy taʼlim fidoiylari, professor-oʻqituvchilari ham borligi soha vakillarini quvontirdi.

          “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim Kengashi sobiq raisi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining sobiq rektori Umurzakov O'ktam Pardayevichning ezgu nomlari ular orasida borligi jamoamizning ham haqli e'tirofidir. Agar hayot bo‘lganlarida ular shunchalik shod bo‘lib yanada jo‘shqinlik bilan, yanada shijoat bilan ishlardilarki, bu harakat hammamizni ulug‘ maqsadlar sari ilhomlantirardi. Afsuski, ustozga hayot paytlarida bu unvonni olish va ko‘rishni taqdir ravo ko‘rmadi.

          Yana bir faxrli  nishon “Mehnat shuhrati” ordeni bilan "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti professori Usmanov Aziz Magdaliyevichning taqdirlangani hammamizni xursand etdi. Biz ustozga doimo sog‘lik, kuch-quvvat va barcha yaqinlari baxtiga sog‘u omon bo‘lib yurishlarini tilab qolamiz.

 

            Universitet matbuot xizmati