TIQXMMI yangiliklari

img
25.03.2023

“Edu graphics” innovatsion laboratoriyasi ochildi

Edu graphics innovatsion laboratoriyasi Start-up loyihalar sababchisi sifatida joriy hafta “Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” kafedrasi mudiri J.A. Qosimov tashabbusi bilan „AK-SARAY CONSTRUCTION PROJECT“ MChJ tomonidan kafedraga qarashli bo‘lgan 409-auditoriya tamirlanib jihozlangan edi. 2023 - yil 23 - martda „AK-SARAY CONSTRUCTION PROJECT“ MChJ rahbari Xoliqov Muxriddin Xayrullayevich va loyihalsh ishlari bo‘yicha munandis va kafedra professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda “Edu graphics” deb nomlangan innovatsion laboratoriyani ochilish marosimida ishtirok etishdi. Suhbat davomida o‘zaro hamkorlik ishlarini yanada takomillashtirish masalasida ham kelishib olindi.

Universitet matbuot xizmati