TIQXMMI yangiliklari

img
31.07.2022

Do‘stlik orqali shuhratli bo‘lish iftixori

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining qaroriga muvofiq, 30 iyul – butun dunyoda Xalqaro do‘stlik kuni sifatida nishonlanib kelinardi. Prezidentimiz O‘zbekistonda ilk bor nishonlangan ushbu bayram bilan o‘tgan yili barchani tabriklagandi.  O‘tgan yili 10 fevralda qabul qilingan qonunga asosan ushbu sana Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilandi. Bu bayramning ta’sis etilishi butun respublikamiz aholisining ayni ko‘nglidagi ish bo‘ldi. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari yagona va ahil oila bo‘lib yashayotgani barchamizni quvontiradi. Ular barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilib, jonajon O‘zbekistonimizning ravnaqi va gullab-yashnashiga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Yurtimizda 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar o‘z faoliyatini erkin amalga oshirmoqda. Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada uyg‘unlashtirishda 150 ta milliy madaniy markaz katta rol o‘ynamoqda. Ularning ko‘p qirrali faoliyati har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Millatlararo do‘stlik va hamjihatlik sohasida uzoq yil mehnat qilgan davlat va jamoat arboblari hamda O‘zbekistonda yashayotgan turli millat va elat vakillaridan ayrimlari orden va medallar sohibi bo‘ldi. Ular orasida "Xalqlar do‘stligi" kuni munosabati ila Prezidentimiz Farmoni bilan universitetimiz dotsenti Usmonov Nail Qayumovichning “Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangani jamoamizni benihoya shod etdi. Biz ularni samimiy muborakbod etamiz. Bunday yutuqlar bardavom bo‘lsin.

                   Universitet matbuot xizmati