E'lonlar

13.01.2024

Buyuk Britaniyaning Surrey Universiteti doktoranti tomonidan dasturlashni bepul o’rganish uchun imkoniyat

Keyingi vaqtlarda kod yozish (coding)ga asoslangan dasturlar orqali ma'lumotlarni tahlil qilish va vizualizatsiya qilish jahonda ommalashib boryapti. Jahondagi nufuzli universitetlarda tahsil olayotgan hamda ma'lumotlar bilan ishlovchi talabalarga dasturlash keng o'rgatiladi. Bundan tashqari, keyingi yillarda chop etilayotgan sifatli maqola va boshqa materiallarda codingdan foydalanib, ma'lumotlar tahlil qilinganligi va shu tahlil qilingan ma'lumotlar turli zamonaviy grafiklar orqali tasvirlanganligini ko'rish mumkin.

Shuningdek, ishlab chiqilayotgan oxirgi dasturlar coding bilan ishlashga asoslanmoqda. Misol uchun, Geoaxborot tizimlari dastur va platformalarining oxirgi versiyalari codingga asoslangan. Bu kabi yangi dasturlarda ishlash albatta codingni o'rganishni talab qiladi. Codingni o'rganishning eng oson yo'li Python dasturidir. Shu bois, universitetimizdagi ma'lumotlar bilan ishlovchi magistrantlar, doktorantlar va ilmiy-xodimlar uchun "Pythonning fundamental qismi, uni Ma'lumotlarni tahlil qilish va Vizualizatsiya qilishda foydalanish" (Fundamentals of Python and its use in Data Analysis and Visualisation) bo'yicha Buyuk Britaniyaning Surrey Universiteti doktoranti, "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiati Abbos Khamidov tomonidan bepul onlayn kurs tashkil qilinmoqda.

Jami darslar soni 10 ta bo'lib, 2,5 oy davom etadi (17-yanvardan 20-martgacha), har haftaning Chorshanba kuni, soat 14:00 dan 15:00 ga qadar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

        Yanvar 17, 2024 14:00

        Yanvar 24, 2024 14:00

        Yanvar 31, 2024 14:00

        Fevral 7, 2024 14:00

        Fevral 14, 2024 14:00

        Fevral 21, 2024 14:00

        Fevral 28, 2024 14:00

        Mart 6, 2024 02:00 14:00

        Mart 13, 2024 02:00 14:00

        Mart 20, 2024 02:00 14:00

Talablar: Sizdan iloji boricha darslar vaqtida kompyuter va yaxshi internetga ega bo'lishingiz so'raladi.

Kurs o’tiladigan til: O’zbek tili

Kursda qatnashuvchilar uchun alohida telegram guruh https://t.me/Fundamentals_of_Python ochilgan. Unda har bir o'tiladigan darsdan oldin unga tegishli ma'lumotlar fayl ko'rinishida qo'yib boriladi. Qolaversa, har bir o'tiladigan dars videosi ham saqlanib shu guruhga qo'yib boriladi. Ishtirokchilar kurs mavzulariga tegishli savol va fikr-mulohazalarini shu telegram guruhida berishlari mumkin.

Bog’lanish uchun zoom havolalar:

Weekly: https://us05web.zoom.us/meeting/tZIsfu6gpjkuEtCLdlVwGJXwtRjPN_q8asBU/ics?icsToken=98tyKuGurzItEtyXtBGDRpwABYr4KPzxiHpbj7d-sBvpNTd0SDvhItBIApxAAYDR

Join Zoom Meeting

https://us05web.zoom.us/j/86197882484?pwd=Juc1lpvs0hyi75xbgQkVGnZ2428qnN.1

Meeting ID: 861 9788 2484

Passcode: 5RaNrw