TIQXMMI yangiliklari

img
18.03.2023

Butunjahon suv kuniga bag‘ishlandi

BMTning 1992-yilda Braziliya poytaxti Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasida Butunjahon suv kunini keng nishonlash to‘g‘risidagi g‘oya ilgari surilgan. 1992 - yil 22 - dekabrda esa BMT Bosh assambleyasining har yili 22 - martni Butunjahon suv kuni sifatida keng nishonlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan.

Bilisizmi? BMTdek nufuzli xalqaro tashkilot doirasida 22 mart – Xalqaro obi hayot kuni deb e’lon qilinishi insoniyatga nima beradi va bu sana nishonlanishidan maqsad nima? Albatta, bu borada muayyan darajada cheklov yoki obi hayotdan belgilangan me’yorlar darajasida foydalanish xususida tartib-taomillar o‘rnatilishi xususida gap bo‘lishi mumkin emas.

BMT 22 mart masalasida bunday qarorga kelishdan maqsad sodda qilib aytganda, hayot mavjudligi, Yerdagi taraqqiyot suvga ham bog‘liq ekanini insoniyatga eslatish, bu borada bong urishdir.

Bugungi kunda yurtimizda ham bu sanani keng nishonlash an'anaga aylandi desak mubolag‘a emas. Joriy yilning 17 mart kuni Universitetimizda ham “Butunjahon suv kuni” keng nishollandi.

Tadbirning “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori, professor Mirzayev Bahodir Suyunovich  so‘zga chiqib “Butunjahon suv kuni” bilan barcha ishtiroqchilarni qutladi. Tadbirda  Suv xo‘jaligi vaziri Hamrayev Shavkat Raximovich, Toshkent suv ta’minoti MChJ direktori Abbasxanov Maqsud Numanovich, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi, disturbing rahbari, Aleksandr Zenebe, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Nika Sayidib,  Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘rinbosari, hamkorlik bo‘limi boshlig‘i  Raxel Byosh,  USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi direktori o‘rinbosari Marselo Arellanolar ishtirok etishdilar va o‘zlarining samimiy fikr va tabriklarini bayon etdilar.

“Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat” degan edilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida.

Talaba yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida Universitetimizda ham “Butunjahon suv kuni”ga bagʼishlab "O'zgarishlarni tezlashtirish (Accelerating change)" shiori ostida 10-17-mart kunlari quyidagi tanlovlar ham tashkil etildi.

  1. Turli mavzularda ilmiy insholar tanlovi.
  2. “Yoshlar o'zgarishlarni tezlashtirish (Accelerating change) uchun nima qilishi mumkin? Qanday qilib?" mavzusi bo'yicha munozara.
  3. Suv resurslarini asrash zarurligi, suv resurslaridan oqilona foydalanishni ifodalovchi badiiy asar (viderolik)lar tanlovi.
  4. "O'zgarishlarni tezlashtirish (Accelerating change)" mavzusidagi foto surat (poster)lar tanlovi.
  5. "Suv xo‘jaligini rivojlantirishdagi innovatsioyalar: g‘oyalar va texnologiyalar" mavzuidagi texno-ko‘rgazma.

Tanlovlarda ishtirok etib, o'z mahoratini namoyon etgan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talaba yoshlarni, O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi koordinatori, Birodar Burxonjonov, USAIDning Suv resurslari va atrof-muhit mintaqaviy loyihasi vakili, Ilhomjon Nazarov, BMT Taraqqiyot Dasturining Markaziy Osiyoda Iqlim O‘zgarishi va barqarorlik loyiha rahbari, Isomiddin Akramovlar smartfon, smart watch, hard disc va ko‘plab boshqa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladilar.

Bundan tashqari Toshkent suv ta’minoti MChJ direktori Abbasxanov Maqsud Numanovich “Butunjahon suv kuni” bayramiga, bayramlik sifatida Universitetimiz talaba yoshlari uchun tashkilotning “SUVSOZ” nomli stipendiyani tashkil etish  sertifikati va yangi turdagi vertushka qurilmasi taqdim etildi.

Tantanali ochilish marosimi avvalida talaba yoshlarning "O'zgarishlarni tezlashtirish (Accelerating change)" mavzusidagi foto surat (poster)lar ko‘rgazmasi va  "Suv xo‘jaligini rivojlantirishdagi innovatsioyalar: g‘oyalar va texnologiyalar" mavzuidagi texno-ko‘rgazmalar Universitetimiz hududi bo‘ylab tashkil etildi.

 

Universitet matbuot xizmati