TIQXMMI yangiliklari

img
16.03.2023

Britaniya Kengashi va ‘‘TIQXMMI’’ MTU hamkorligi: IELTS dasturi doirasida xorijiy ekspertlar tashrifi

  Joriy yilning 16-mart sanasida Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan IELTS xalqaro imtixonining turli davlatlardan tashrif buyurgan ekspertlarining “Toshkent irrigtsiya qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari universiteti” Milliy tadqiqot universitetida uchrashuvi tashkil qilindi.Mazkur tadbirda Birlashgan Qirollik, Albaniya,Polsha,Turkiya,Ukraina, Serbiya, Qozog’iston, Azarbayjon va bir qator davlatlardan tashrif buyurgan vakillar universitetimiz va Britaniya Kengashi hamkorligida bir qator xalqaro imtixonlarni tashkil qilish bo’yicha yo’lga qo’yilgan shart-sharoitlar o’rganildi va ba’zi masalalar muxokama qilindi. Universitetimizda Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda 10ga yqin xalqaro imtixon turlari yo’lga qo’yilgan bo’lib,  IELTS Life Skills,  IELTS for UK Visas and Immigration (UKVI) va Computer-delivered IELTSr shular jumlasiga kiradi.

     Barchamizga ma’lumki, har yili ikki million kishi Britaniya Kengashi yordamida xalqaro imtihonlarni topshirishga muvaffaq bo’ladi. Talabalar va mutaxassislar dunyoning yetakchi Oliy Ta’lim Muassasalarida taxsil olish bilan birga, ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish uchun ham IELTS xalqaro setifikatini olish orqali dunyoning barcha imkoniyatlar eshiklariga kalit topishga intilishadi. IELTS - ingliz tili bo’yicha dunyodagi eng ommalashgan imtihon turi xisoblanib, ko’plab yoshlarning xayotda o’z o’rinlarini topishga yo’l ochuvchi imkoniyatlardan biri xisoblanadi.

   Mazkur uchrashuvda O’zbekistonda xalqaro sertifikatlashga bo’lgan davlat isloxoti va ta’limda xorijiy tillarning tutgan o’rni xaqida qiziqarli muxokamalr bo’lib o’tdi va yangi istiqboldagi rejalarga batafsil to’xtalib o’tildi.