TIQXMMI yangiliklari

img
28.05.2022

Boylikning boshi sog'lik

Joriy yilning 27 may kuni YeRB fakulteti 203-205-guruh talaba yoshlari bilan universitet psixologi M.K. Muxamedova va YeRB fakulteti tyutorlari M. Vafoyeva, D. Xursandovalar “Sog'lom va muvaffaqiyatli yashash sirlari”mavzuida seminar trening o'tkazishdi.

Tadbir talabalarning sog'lom turmush tarzida yashash, zo'riqishga sabab bo'luvchi omillardan asabni asrash malakalarini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilariga: “Inson qancha umr ko'rishi mumkin?”, degan savol berildi va bu savolga biz musulmonlar odatda: “Alloh qancha umr bergan bo'lsa, shuncha yashaydi”, deb javob qaytarishimiz, va bu javobimiz to'g'ri ekani, salomat yashayman degan kishi har qanday xafachilik, asablarni buzuvchi, zo'riqish (stress)ga sabab bo'luvchi narsalardan uzoqda yurishi kerakligi, behuda va bema'ni (gunoh) ishlardan chetda bo'lish, o'ziga yoqimli va foydali mehnat bilan shug'ullanish odamlar bilan munosabatlarda xushfe'llik, samimiylik, murosali bo'lish asab buzilishining oldini olish bilan birgalikda umrning uzayishiga ham sabab bo'lishi haqida ma'lumotlar berildi. Tadbirda umrim uzoq bo'lsin degan kishi yeydigan taomiga katta e'tibor berishi lozimligi, ortiqcha taom umrni qisqartirgani kabi pala-partish, nima o'ng kelsa yeyaverishning ham zarari to'g'risida suhbat olib borildi.

Tadbirda QSXET fakulteti talabasi Umarov Behruz ham faol qatnashdi va sog'lom ovqatlanishni tashkil etish borasida o'zi erishayotgan yutuqlari haqida va 1991 yili Nobel mukofotini olgan doktor Uollok: «Inson umrining irsiy (genetik) quvvati 120-140 yilni tashkil etadi», deb yozgan ma'lumoti haqida, Amerikalik mashhur olim V. Feller «Ehtimollik nazariyasiga kirish va uning tatbiqlari» kitobida insonning hatto ming yoshga kirishi ehtimoli borligi haqida yozgan ma'lumotlari, chunonchi, Luqmoni Hakim ming yil umr ko'rgani haqida ishtirokchilarga to'lib toshib so'zlab berdi.

Davra suhbatida barcha talabalar faol qatnashishdi va o'zlari uchun foydali ma'lumotlarga ega bo'lishgan xolda tadbir yakunlandi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati