TIQXMMI yangiliklari

img
11.03.2024

Bo’lajak muhandislar uchun ixtironing ahamiyati

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi dotsenti A.U. Djalilov “Mexatronika va robototenika” bakalavriat ta’lim yo’nalishi 311-guruh talabalari bilan doimiy ravishda ilmiy yangiliklar ustida ish olib boradi. Uning shogirdlari universitetimizda va boshqa joylarda o’tkaziladigan ko’rgazmalarda o’zlarining yaratgan qurilmalari bilan faol ishtirok etishib sovrinli o’rinlarni egallab kelmoqda.

Djalilov A.U. oz shogirdlari bilan 2024-yil 9-mart kuniBolajak muhandislar uchun ixtironing ahamiyatitogrisida davra suhbati otkazdi. Davra suhbatida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ularning natijalari bo’yicha fikr - mulohazalar qilindi. Har bir talaba xalq xoʻjaligining turli sohalarida, ijtimoiy madaniy qurilish va mudofaa sohalarida ijobiy samara beradigan, oʻziga xos texnikaviy yechimga ega boʻlgan yangiliklar ustida ilmiy izlanishlar olib borsa kelajakda albatta yuqori natijalarga erishish mumkinligi ta’kidlandi

Universitet matbuot xizmati