TIQXMMI yangiliklari

img
24.05.2023

Bitiruvchilarni ishga taqsimlash bo‘yicha taqsimot komissiyasi

Joriy yilning 23 may kuni Gidromelioratsiya fakulteti va Ekologiya va huquq fakulteti bitiruvchilarini ishga taqsimlash taqsimoti bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Xudayarov, Gidromelioratsiya fakultet dekani A.Fatxulloyev, Ekologiya va huquq fakulteti dekani B.Norov, kafedra mudirlari va professor o‘qituvchilar fakultetni davlat granti asosida tamomlayotgan bitiruvchi kurs talabalari va Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i X.Xayitovlar qatnashdi.

24 may kuni Gidrotexnika qurilishi fakulteti va va Energetika fakulteti bitiruvchilarini ishga taqsimlash taqsimoti yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Xudayarov, Gidrotexnika qurilishi fakulteti dekan o‘rinbosari A.Azimov, Energetika fakulteti dekani A.Isoqov, kafedra mudirlari va professor o‘qituvchilar fakultetni davlat granti asosida tamomlayotgan bitiruvchi kurs talabalari va Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i X.Xayitovlar qatnashdi.