TIQXMMI yangiliklari

img
19.09.2023

Birinchi kursdagi ilk muvaffaqiyat

15-sentabr kuni soat 14:30da Innovatsion rivojlanish agentligiga qarashli “Innovator” jurnali tomonidan tashkil etilgan “Raqamli texnologiya yoshlar nigohida” tanlovining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. “Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilarning ishlanmalari o‘ziga xos topilma sifatida ko’rish mumkin. Kelajakda bu yoshlar juda ko‘plab ixtirolar muallifi bo‘lishi, shubhasiz.

Uzoq davom etgan muhokamalardan so‘ng hayʼat aʼzolari sifatida taklif etilgan Innovatsiyalarni joriy qilish va Texnologiyalar transferi milliy ofisi xodimlari bilan asosiy g‘oliblar aniqlandi. “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish” taʼlim yo‘nalishi 1 - bosqich 115 - guruh talabasi Adham Odilov — "RoboScarpion" loyihasi bilan 1 - o’rinni qo’lga kiritdi.

Fakultet tyutori A.Shonazarov axboroti

Universitet matbuot xizmati