TIQXMMI yangiliklari

img
27.04.2022

Birinchi Bioiqtisodiyot forumining birinchi kun yakuni

Forumda “Iqtisodiyotning tarmoqli yondashuvdan bioiqtisodiyotga o‘zgarishi”, “O‘zbekistonda biotexnologiyani rivojlantirish yo‘l xaritasi va uni amalga oshirishda bioiqtisodiyotning o‘rni”, “Bioiqtisodiyot O'zbekistonga qanday qiymat keltirishi mumkin?” kabi dolzarb mavzularda dokladlar eshitildi. So’ngra 4 sektorga bo’lingan holda, ya’ni “Oʻsimlik va hayvonot manbalari qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi”, “Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash”, “Biologik chiqindilarni boshqarish”, “Bioenergiya, jumladan energiya bilan bog'liq o'rmon xo'jaligi” mavzularda muhokama qilindi.

Birinchi kun yakunida “Agromir” ishlab chiqarish korxonasiga borib, korxona faoliyati bilan tanishildi. Yo’lga qo’yilgan ishlab chiqarish jarayoni, mahsulot turlari va ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar o’rganildi. Forum Latviya Hayot fanlari va texnologiyalar universiteti rahbarligidagi Yevropa Ittifoqining “ERASMUS+” dasturi tomonidan moliyalashtiriladigan “BioEcUz” konsorsiumi tomonidan “O‘zbekistonda bioiqtisodiyotni barqaror rivojlantirish bo‘yicha yangi magistratura dasturi” № 619294-EPP-1- 2020-1-LV-EPPKA2-CBHE-JP loyihasi doirasida tashkil etildi.