TIQXMMI yangiliklari

img
03.09.2023

Bayram shukuhi “Yangi nafas” yugurish marafoni bilan

 Respublikamizning 16 ta shahrida “Mustaqillikning 32 yilligi”ga bagʻishlangan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi tashkil etildi .

Mazkur o‘ziga xos aksiyada 86 ta oliy ta’lim muassasasining 31 mingdan ortiq talaba-yoshlari qatnashdi.

Toshkent shahrining “Humo Arena” muz saroyi hududida o‘tkazilayotgan tadbirda "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti rahbariyati boshchiligida universitet jamoasi, talaba-yoshlar ham qatnashib yana bir bor bayramona shukuhni his etishdi.

   Universitet matbuot xizmati