ARM bo'limlari

Ilmiy-uslubiy, axborot-ma’lumot (davriy nashrlar)" bo‘limi

Milichenkova Natalya Yuryevna – “Ilmiy-uslubiy, axborot-ma’lumot (davriy nashrlar)" bo‘limi mudiri

Bo‘limning asosiy vazifasi:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiliga oid Qaror, Farmon, Qonunlarni bibliografik tavsifini yaratib, elektron katalogini shakllantiradi;
  • "TIQXMMI" MTU to‘g‘risida chop etilgan maqolalar bilan elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirib boradi;
  • professor-o‘qituvchilar, magistrlar ehtiyoji bo‘yicha turli mavzulardagi bibliografik so‘roqlar bo‘yicha mavzuga doir og‘zaki va yozma ma’lumotlar beradi;
  • foydalanuvchilarga taqdim qilinadigan bibliografik axborot sifatini oshirib boradi;
  • aniq mavzular bo‘yicha adabiyotlar yig‘ib berish va foydalanuvchilar talablariga ko‘ra adabiyotlarning bibliografik ro‘yxatini tuzib beradi;
  • mahalliy davriy nashrlardan o‘zbek va rus tillaridagi 22 nomdagi gazeta va 35 nomdagi jurnallarni qabul qilib, ularga texnik ishlov beradi;
  • elektron kartochkadagi jurnal mundarijasi to‘ldirilib, skaner orqali jurnallarni to‘liq matni yaratiladi va bazaga hujjatlarni biriktiradi.

 

“ELEKTRON AXBOROT RESURSLARI” BO’LIMI

Choriyev Xasan Eshnazar o’g’li -  “Elektron axborot-resurslari” bo’limi mudiri.

Bo‘limning asosiy vazifalaridan biri - ARM fondlarini skanerlash va kataloglashtirish ishlarini O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan sohaviy me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etilib, unda asosiy e’tiborni mualiflik huquqini ta’minlagan holda mavjud adabiyotlarni bosqichma-bosqich elektron ko‘rinishga o‘tkazishdan iborat.

ARMda mavjud bo‘lgan nashrlarni PDF elektron ko‘rinishga o‘tkazish, o‘tkazilgan nashrlarga maxsus Acrobat® 7.0 Professional, Acrobat® 7.0 Elements, ABBYY Fine reader dasturlari orqali ishlov berish hamda elektron ko‘rinishdagi nashrlarni avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi dasturiga sifatli yuklash imkonini beradi.

Bo‘limning asosiy vazifalari:

  • avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi dasturiga talabalar, professor-o‘qituvchilar va foydalanuvchilar uchun adabiyotlarning to‘liq matni va elektron kartochkalar saqlanadigan ma’lumotlar bazasini kerakli adabiyotlar bilan to‘ldirib boradi;
  • kam sonli ko‘p so‘raladigan adabiyotlarni to‘liq matnini yaratib, elektron katalogdagi kartochkasiga adabiyotning to‘liq matni biriktiradi;
  • talabalar, professoro‘qituvchilar va foydalanuvchilar uchun  zarur bo‘lgan adabiyotlarni ARM elektron katalogidan tez va oson qidirish usullarini o‘rgatadi;
  • elektron katalogda mavjud bo‘lgan xatolarni muntazam tahrirlab boradi;
  • talabalar, professoro‘qituvchilar va foydalanuvchilar topshirgan elektron adabiyotlarning elektron kartochkasini yaratib, to‘liq matni bilan ma’lumotlar bazasiga joylashtiradi;
  • to‘liq matnli adabiyotlar bazasini sistemazitsiya qiladi;
  • foydalanuvchilarga kerakli adabiyotlarni boshqa ARMdan kelishgan holda olib kelib ma’lumotlar bazasiga joylashtiradi;
  • talabalar, professoro‘qituvchilar va foydalanuvchilarga avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi dasturi bo‘yicha konsultatsiya beradi;
  • elektron kutubxonadan foydalanish bo‘yicha seminarlar tashkil etadi.

 

«Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish» bo’limi

Bo’limning asosiy vazifasi - ARMning axborot-kutubxona fondlarini tizimli to‘ldirish yo‘li orqali shakllantirib borishdan iborat. “Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kututbxona resurslarini hisobga olish tartibi to‘g‘risida” (Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan № 2567) yo‘riqnoma asosida hisobga olish va ro‘yxatdan chiqarish ishlarini olib boradi. ARMni axborot-kutubxona resurslari bilan ta’minlashda kitob sotuvchi firmalar, nashriyotlar bilan hamkorlik qiladi. Bundan tashqari fondni turkumlashtirish, tahlil qilish va holatini o‘rganish ishlarini olib boradi.

Komplektlash, kataloglashtirish va tuzish manbaalari:

  • nashriyotlar va kitob do‘konlari, firmalari orqali;
  • bosmaxonalar, boshqa korxonalar va xususiy firmalar;
  • obuna yo‘li bilan;
  • kitobxonlardan, kitobning mualliflari va tashrif buyuruvchilar tomonidan sovg‘a tariqasida berilgan adabiyotlar evaziga fondni to‘ldiradi;
  • axborot - kutubxona resurslariga texnik ishlov beradi, adabiyotlarni soha bo‘yicha klassifikatsiya qiladi va bibliografik tavsiflarini tuzadi. ARMning elektron katalogini shakllantira borib, shu orqali fondni zamonaviy ilmiy-amaliy talablarga javob beradigan darjada ochib beradi.

 

«Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish» bo‘limi

Tursunova Gulnur Furkatovna - «Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish» bo‘limi mudiri

Bo‘limning asosiy vazifasi - ARM foydalanuvchilariga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatish va o‘quv zallarida ARM fondida mavjud bosma va elektron ko‘rinishdagi kutubxona resurslarini taqdim etishdan iborat.

ABONEMENT – professor o‘qituvchilar, talabalar, xodimlar, malaka oshirish tinglovchilari, qishloq xo‘jaligi mutaxassislariga, hamda boshqa tashkilotlardan kelgan xodimlarga xizmat ko‘rsatadi. Boshqa tashkilotdan tashrif buyurgan foydalanuvchilarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat orqali xizmat ko‘rsatiladi. Abonementda kitobxonlar darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya va badiiy adabiyotlar bilan bir qatorda respublikamizda chop etib borilayotgan vaqtli matbuot nashrlaridan foydalanishlari mumkin. Abonementda foydalanuvchilar ro‘yxatga olinadi, adabiyotlar buyurtma orqali qabul qilinib, foydalanuvchilarga uyda foydalanish uchun beriladi.

PROFESSOR-O‘QITUVChILAR O‘QUV ZALI – ilmiy ish bilan shug‘ullanayotgan o‘qituvchilarga xizmat ko‘rsatadi. Zalda foydalanuvchilar uchun 30 ish joyi mavjud bo‘lib, shundan 30 - kompyuterlar bilan jihozlangan. Shuningdek, foydalanuvchilar shaxsiy kompyuterlaridan foydalanishlari uchun qo‘shimcha ish joylari ham ajratilgan. Foydalanuvchilar ARM kompyuterlari yoki shaxsiy kompyuterlari orqali Internet tarmog‘iga ulanishi mumkin. Professor-o‘qituvchilar o‘quv zalida ARMda mavjud avtoreferatlarning to’liq matnga ega electron katalogi va dissertatsiyalarning elektron katalogi mavjud. Shuningdek, o‘zbek va rus tillarida elektron darsliklar va o‘quv-qo‘llanmalar ham foydalanuvchiga taqdim qilinadi. Elektron hujjatlar, elektron darsliklar, mahalliy oynoma va ro‘znomalar bilan xizmat ko‘rsatiladi.

TALABALAR O‘QUV ZALI – talabalar uchun xizmat ko‘rsatib turgan zallarning eng kattasi hisoblanadi. Talabalar o‘quv zalining yordamchi fondi 4500 ga yaqin bo‘lib, unda foydalanuvchilar tomonidan ko‘p so‘raladigan, eng yangi va dolzarb mavzularga bag‘ishlangan o‘zbek va rus tillaridagi Prezident asarlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalar, ma’lumotnoma nashrlar: ensiklopediyalar (sohalarga oid), lug‘atlar jamlangan. Shuningdek, respublikamizda chop etiladigan vaqtli matbuot nashrlari bor. Foydalanuvchilar shaxsiy kompyuterlaridan foydalanishlari uchun qo‘shimcha ish joylari ham ajratilgan.

TALABALAR UCHUN KOMPYUTER ZALI – barcha toifadagi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadi. Zalda foydalanuvchilar uchun 32 ish joyi mavjud bo‘lib barchasi zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan, internet tarmog‘iga ulangan. Internet va kompyuter zali kompyuterlarida ARM fondida mavjud to‘liq matnli elektron resurslar jamlangan. Shuningdek, o‘zbek va rus tillaridagi elektron darsliklar va videolavhalar ham foydalanuvchiga taqdim qilinadi.

O‘QUV KUTUBXONASI – barcha fakultet talabalariga xizmat ko‘rsatadi. O‘quv kutubxona fondi asosan darslik va o‘quv-qo‘llanmalardan iborat. O’quv kutubxonada talabalarning ARMga a’zoligi uyushtiriladi va  adabiyotlar uyda foydalanish uchun beriladi.

TALABALAR TURAR JOYI ARM FILIALI – universitet yotoqxonasida yashovchi barcha fakultet talabalariga xizmat ko‘rsatadi. Filial fondi asosan darslik, o‘quv-qo‘llanmalar, badiiy adabiyotlardan iborat. Foydalanuvchilar tomonidan ko‘p so‘raladigan, eng yangi va dolzarb mavzularga bag‘ishlangan o‘zbek va rus tillaridagi Prezident asarlari, ma’lumotnoma nashrlar: ensiklopediyalar (sohalarga oid), lug‘atlar jamlangan. Shuningdek, respublikamizda chop etiladigan vaqtli matbuot nashrlari mavjud. Ma’lumot qidirish va manbalarni tanlashda maslahat yordami ko’rsatiladi. Adabiyotlar faqatgina yotoqxona zalidan foydalanishga beriladi.