TIQXMMI yangiliklari

img
04.08.2022

Akademikning talabalar turar joyiga tashrifi

Ulug‘ yoshli insonlarning hayotiy tajribasi va o‘gitlari doim ibrat va saboq bo‘lib kelgan. Ular bilan muloqot bir umrlik unutilmas taassurotlarga boy bo‘ladi. 

“Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash «Ulug‘bek» jamg‘armasi raisi, texnika fanlari doktori, akademik Salimov Oqil Umurzakovich 2022 yil 31 iyul kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti Talabalar turar joyiga tashrif buyurib, Ulug‘bek vorislari tanlovi g‘oliblari hamda universitet talabalari bilan dildan suhbatlashdi.

      Suhbat chog‘ida ilmning va tahsilning quvvati nelarga qodirligi, bugungi yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish orqali mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shish har bir talabaning burchi va asosiy maqsadi bo‘lishi kerakligi uqtirildi.

Universitet matbuot xizmati