TIQXMMI yangiliklari

img
26.11.2023

Akademik almashinuv yutuqlari

Bugungi tadbirni universitetimiz O’quv ishlari bo’yicha prorektori Baxtiyor Xudayorov iliq qutlov bilan boshlab berdi. Shuningdek, Qozog’sitonlik talabalarni o’qish davomidagi muvaffaqiyatlari va faolliklari uchun tabrikladi.

Qozog'istonning Qo'rqut-Ota nomidagi Qizilo'rda universitetining 15 nafar talabalari akademik mobillik asosida 11 sentabrdan 25 noyabrga qadar tahsil oldilar. Qozog’istonlik talabalar "Gidromelioratsiya" fakultetining "Suv xo'jaligi va melioratsiya" va "Yer resurslari va kadastr" fakultetining "Yer kadastri va yer tuzish" ta'lim yo'nalishlarida bir semestr davomida 20 kredit to'plab semestrni muvafaqqiyatli tugatishganligi uchun ularga sertifikatlar va transkriptlar topshirildi.

 Tadbir yakunida Qo'rqut Ota nomidagi Qizilo'rda universiteti vakillari "Suv xo'jaligi" kafedrasi mudiri Otaboyev Baurjan, Marketing bo'limi boshlig'i Yedilboyev Nurjan, Laboratoriyalar mudiri Nurgaliyeva Nulsioy va tadqiqotchi Sultan Islombeklar so'zga chiqib Universitetimiz tomonidan talabalarga yaratilgan sharoitlar uchun o'z minnatdorchiligini bildirishdi.

Universitet rahbariyati talabalarga kelgusi o’qishlarda omad yor bo’lishini tilab qoldi.