TIQXMMI yangiliklari

img
04.10.2023

Ajdodlarimizdan o‘rganamiz

2023 - yil 4 - oktabr kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurdilar. Tashrif chog‘ida dastlab shoir va jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning haykali atrofida  shoir tomonidan yozilgan “Ko‘zlarim yo‘lingda”, “O‘zbekiston”, “Shoir yuragi” nomli kitoblaridagi she’rlar talabalarimiz tomonidan yodga olindi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Munira Ramazonova O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning ijodlari to‘g‘risida talabalarga qisqacha ma’lumot berib o‘tdilar.

Tadbir davomida barcha talabalar o‘zlari ijod qilgan ya’ni o‘zining qalamiga mansub she’rlaridan o‘qib eshitdirdilar. Tadbir juda qizg‘in davom etdi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti tyutori J.Sadullayevaxboroti

Universitet matbuot xizmati