TIQXMMI yangiliklari

img
28.10.2023

Adabiyotni ardoqlab

1989 yilning 21 oktyabr kuni Respublikamizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.

Shu munosabat bilan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “Yer resurslari va kadastr” fakultetining 60112400 - Professional ta’lim (Yer kadastri va yer tuzish) 213 “A” va “B” guruh talabalari ishtirokida “Professional ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi G.A.Jo‘rayevaning “Nutq madaniyati” fanidan iqtidorli talabalar bilan ishlash doirasida 25.10.2023 yilda "Adiblar xiyoboni"ga ekskursiya uyushtirildi.

Ekskursiya davomida talabalar bilan tilimizninga hamiyati, davlatimiz timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixiyligi tog‘risida suhbat o‘tkazildi. "Adiblar xiyoboni"da qad ko‘targan shoir va yozuvchilardan Bobur, Ogahiy, Berdaq, Muqimiy, Furqat, Behbudiy, Avloniy, Cho‘lpon, Qodiriy, To‘lepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, Aleksandr Faynberg singari atoqli namoyandalar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Universitet matbuot xizmati