TIQXMMI yangiliklari

img
20.10.2023

Abdulla Oripov qalblarda mangu yashaydi

“Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz”, — degan edilar yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev. “Gidromelioratsiya” fakulteti professor-o’qituvchilari, iqtidorli talabalar bilan birgalikda joriy yilning 18 oktyabr sanasida “Adiblar xiyoboniga” tashrif bururishdi.

Tashrif O’zbekiston qahramoni, O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov poyiga gul qo’yish marosimi bilan boshlandi va katta tadbirga ulanib ketdi. Tadbirni fakultet decani A.Fatxulloyev ochib berdi. Tadbir davomida shoir ijodidan she’rlar o’qildi, o’lomas ohanglarga jo bo’lgan qo’shiq va raqslar ijro etildi. Fakulteti professor-o’qituvchilari shoir bilan uchrashib ko’rishgan davrlarini eslab talaba yoshlarga so’zlab berdilar.

“Katta shoir hamisha oʻz vaqtida maydonga keladi, u – hamisha tarixiy. Zotan, katta shoir oʻz xalqining ovozi, uning orzu-umidlari va inson qalbi iztiroblarining ifodachisidir. Biroq eng asosiysi, u – oʻz davrining hakami va kuychisi, u – jarchi va faylasuf, u – soʻz sehrgari va uzlatga chekingan mutafakkir. Bularning bari unga qalb izhorini hammaga birday tushunarli, sevimli va shu bilan birga, koʻtarinki, teran maʼnolar mohiyatini ifodalash uchun ato etilgan. Shu bois shoirning soʻzlaridan zamondoshlari ham, kelgusi avlodlar ham faxrlanib yuradilar. Abdulla Oripov bizning qalbimizda, kelajak avlodimiz qalbida mangu yashaydi.

Universitet matbuot xizmati