TIQXMMI yangiliklari

img
29.11.2023

“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan tanlovlar o'tkazilmoqda

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida  "Aksilkorrupsiya oyligi" doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig’i A.Gapparov, bo’lim mutaxassisi I.Karimjonov va Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig’i Z.Haydarov hamda O‘zbek tili va adaboyoti kafedrasi o‘qituvchilari R.Kodirova, M.Koshnqzarovalar bilan hamkorlikda talabalar oʻrtasida “Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi” shiori ostida “Eng yaxshi  insholar” tanlov bo'lib o'tdi.
Tanlov g'oliblari nominatsiyalar bo‘yicha quyidagi pul mukofotlari bilan rag'batlantiriladi:
1-o‘rin — bazaviy stipendiya miqdorining  3 barobari
2-o‘rin — bazaviy stipendiya miqdorining  2 barobari
3-o‘rin —  bazaviy stipendiya miqdorining  1 barobari
  Hozirda “Ochiq eshiklar kuni” va “Biz korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz kushandasi” shiori ostida “Eng yaxshi videorolik” va “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusidagi “Eng yaxshi rasm” tanlovi davom etmoqda.