TIQXMMI yangiliklari

img
27.05.2022

5+1 tizimi imkoniyatlar

Joriy yilning  27-may kuni “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi    III-bosqich,  303 va 305 - o‘quv guruhi talabalari Toshkent shahrining Mirobod  tumani 8-mart ko‘chasi,  57-uyda joylashgan  O‘zbekiston-Belarussiya qo‘shma korxonasining “Amkodor-Toshkent mas'uliyati cheklangan jamiyatiga  tashrif buyurib,  u yerda ishlab chiqarish sharoitlari, korxonadagi  mavjud qurilish va melioratsiya mashinalari turlari texnik tasniflari samarali ishlatish usullari bilan  yaqindan tanishdilar.


Shuningdek,  korxona rahbari  Bobur Xusanov bilan qizg‘in bahs-munozaralar, savol-javoblar ishga joylashish masalalari va bo‘lg‘usi mutaxassislarga korxona tomonidan qo‘yiladigan malakaviy talablar yuzasidan davra suhbatlari ham uyushtirildi.

                   Universitet matbuot xizmati