TIQXMMI yangiliklari

img
13.05.2022

5+1  tizimi bo‘yicha

Joriy yilning 13-may kuni GIM fakulteti “Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” fakulteti SXMIM ta’lim yo‘nalishi  III bosqich 303 va 305 - guruh talabalari, Toshkent shahrining Bektemir tumanida joylashgan  “Suvmash” OAJning  ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Jamiyatning yetakchi muhandis xodimlari talabalarga tashkilotning erishgan yutuqlari, istiqbolli rejalari va bitiruvchilarga qo‘yilgan malakaviy talablar to‘g‘risida to‘liq va batafsil  ma’lumotlarni berdilar. Shuningdek, tashkilot negizida ochilgan kafedra filialida katta o‘qituvchi M.S.Karimov tomonidan ma’ruza va amaliyot darslari ham o‘tqazildi. Tashrif talabalarda chuqur taassurotlar qoldirdi.

Universitet matbuot xizmati