31/03/2023

5-Talabalar turar joyi

 Universitetning 5 – talabalar turar joyi 1953-yilda qurilib foydalanishga topshirilgan, uning umumiy maydoni 983 m2. Talabalar turar joyining manzili Toshkent shahar Yunusobod tumani Xalqobod 3-berk ko`chasi . Talabalar turar joyi 3-qavatdan iborat bo`lib unda jami 85 ta xonalar mavjud. Talabalar turar joyi jami 300 ta o`ringa mo`ljallangan bo`lib hozirgi kunda “Yer resurslari va kadastr” fakultetining   o`g`il bola talabalari yashab kelmoqda.

5-Talabalar turar joyi ma’muriyati

Bino mudiri: Islomova Shoira Alijonovna 1985-yil 1-iyunda  Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanida tavallud topgan.  2023-yil noyabr oyidan buyon 5-talabalar turar joyi bino mudiri lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

TTJ choyshanbchisi: Berdiyeva Marg`uba Eshanqulovna 1976-yil 10-dekabrda  Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tavallud topgan.  2021-yil sentyabr oyidan buyon “TIQXMMI” MTU 5-talabalar turar joyida choyshabchi lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

TTJ qorovullari:

Xamroyev Abdumalik Normatovich 1969-yil 24-noyabrda Toshkent viloyati Chinoz tumanida tavallud topgan.  2023-yil mart oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 5-talabalar turar joyida qorovul lavozimida ish faoliyatini boshlagan.

Ulug‘ova Mavluda Muxammadovna 1985-yil 6-iyunda Surxandaryo viloyatida tavallud topgan. 2023-yil oktabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 5-talabalar turar joyida qorovul lavozimida ish faoliyatini boshlagan.

  1. Qushaqov Abdukarim Abduqayumovich 1958-yil 18-aprelda Toshkent shahar Chilonzor tumanida tavallud topgan. 2020-yil sentabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 5-talabalar turar joyida qorovul lavozimida ish faoliyatini boshlagan.