31/03/2023

4-Talabalar turar joyi

Universitetning 4–talabalar turar joyi 1987-yilda qurilib foydalanishga topshirilgan, uning umumiy maydoni 9253 m2. Talabalar turar joyining manzili Toshkent shahar Yunusobod tumani Osiyo ko`chasi 4-uy. Talabalar turar joyi 9 qavatdan iborat bo`lib unda jami 332 ta xonalar mavjud. Talabalar turar joyining 1-qavati universitetga kelgan malaka oshirish hodimlari uchun mehmonxona faoliyatini yuritmoqda hamda 1-qavatda talabalar uchun kutubxona tashkil etilgan hamda talabalar uchun tibbiy punkt ham tashkillshtirilgan bo`lib unda talabalar tibbiy muolajalar qilinadi.  Talabalarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 2-qavat fayesida kompyuter xona tashkil qilingan. Qolgan qavatlarga esa to`liq talabalar joylashtirilgan. Har bir xonada alohida hojatxona va dush, Har bir qavatda 2 tadan oshxona mavjud. Talabalar turar joyi jami 612 ta o`ringa mo`ljallangan bo`lib hozirgi kunda “Gidromelioratsiya” fakulteti hamda “Yer resurslari va kadastr” fakultetining talaba qizlari yashaydi. 

4-Talabalar turar joyi ma’muriyati

Bino mudiri: Soliyev Tolib Iskandarovich 1965-yil 24-fevralda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tavallud topgan. 2023-yil oktabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 4-talabalar turar joyi bino mudiri lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

Tarbiyachi Pedagog: Muxrimboyeva Surayyo Mirxamitovna 1965-yil 27-martda  Toshkent shahar Yunusobod tumanida tavallud topgan. 2023-yil sentabr oyidan boshlab  “TIQXMMI” MTU 2-talabalar turar joyida tarbiyachi pedagog lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

TTJ choyshabchisi: Norbutayeva Muhayyo Chuliyevna 1975-yil 8-martda  Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tavallud topgan. 2020-yil noyabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU  4-talabalar turar joyida choyshabchi lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

TTJ qorovullari:

Xusanova Gulsara Mirpulatovna 1964-yil 11-avgustda Toshkent shahar Yunusobod tumanida tavallud topgan. 2019-yil sentabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 4-talabalar turar joyida qorovul lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

Nazirxanova Zuxra Ergashevna 1969-yil 3-mayda Toshkent viloyati Yangi yo‘l tumanida tavallud topgan. 2023-yil sentabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 4-talabalar turar joyida qorovuli lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

Aynaqulova Feruza Isroilovna 1968-yil 27-aprelda Toshkent viloyati Ohangaron shahrida tavallud topgan. 2023-yil noyabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 4-talabalar turar joyida qorovul lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.