31/03/2023

2-Talabalar turar joyi

Universitetning 2-talabalar turar joyi 1986-yilda qurilib foydalanishga topshirilgan, uning umumiy maydoni 9253 m2. Talabalar turar joyining manzili Toshkent shahar Yunusobod tumani Osiyo ko`chasi 2-uy. Talabalar turar joyi 9 qavatdan iborat bo`lib unda jami 334 ta xonalar mavjud. Talabalar turar joyining 1-qavati universitetda tahsil olayotgan chet ellik talabalar uchun faoliyat yuritadi hamda talabalarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida kutubxona hamda kompyuter xonalari tashkillashtirilgan. Qolgan qavatlarga esa to`liq talabalar joylashtirilgan. Har bir xonada alohida hojatxona va yuvinish xonasi, har bir qavatda 2 tadan oshxona mavjud. Talabalar turar joyi jami 612 ta o`ringa mo`ljallangan bo`lib hozirgi kunda “Qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash”, “Ekologiya va huquq” fakultetlarining talabalari yashaydi.

2-Talabalar turar joyi ma’muriyati

Bino mudiri: Normatov Iskandar Saidovich 1979-yil 6-sentyabrda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tavallud topgan. 2022-yil oktyabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 2-talabalar turar joyi bino mudiri lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

Tarbiyachi Pedagog: Xudoyberdiyeva Tamara Qulmurodovna 1968-yil 5-aprelda  Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tavallud topgan. 2023-yil sentyabr oyidan boshlab  “TIQXMMI” MTU 2-talabalar turar joyida tarbiyachi pedagog lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

TTJ choyshabchisi: Mannonova Nigora Saidbakiyevna 1971-yil 16-martda  Toshkent shahar Sobir Raximov tumanida tavallud topgan.  2013-yildan boshlab “TIQXMMI” MTUda faoliyat yuritishni boshlagan. 2022-yil sentyabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 2-talabalar turar joyida choyshabchi lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

TTJ qorovullari:

Madraximova O‘rinbu Xusanovna 1960-yil 15-may Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tavallud topgan. 2023-yildan oktabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU  2-talabalar turar joyida qorovul lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

Madaminova Mavluda Tajibayevna 1964-yil 20- avgust Toshkent viloyati Toshkent tumanida tavallud topgan. 2022-yildan sentabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU  2-talabalar turar joyida qorovul lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.