TIQXMMI yangiliklari

img
27.04.2022

BioEcUz: Birinchi Bioiqtisodiyot forumi o’z ishini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filialida universitetlar, davlat muassasalari va iqtisodiyotning turli tarmoqlari, korxonalari uchun bioiqtisodiyot bo‘yicha 27 aprel kuni “Mamlakatlar va hududlarning barqaror rivojlanishi uchun bioiqtisodiyot” nomli birinchi xalqaro ilmiy-amaliy forum o’z ishini boshladi.

Bugun Yepropaning Finlyandiya, Latvia va Litva davlatlaridan yetakchi universitetlari bilan birgalikda davlat tashkilotlari hamda biznes vakillari ishtirok etmoqda. Jumladan, Yevro’pa ittifoqi delegatsiyasining siyosiy, matbuot va axborot bo‘limi rahbari janob Mindaugas Kaserauskis, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi vazir maslahatchisi Alisher Shukurov, Latviya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi parlament kotibi janob Edgars Kronbergs, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi vazir oʻrinbosari prof. Shaxlo Turdiqulova, Oʻzbekiston milliy Erasmus byurosi koordinatori  Aziza Abdurahmonova, Samarqand viloyati hokimi o'rinbosari Feruz Ne'matullaev, Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali direktori, forum moderatori, professor Shavkat Hasanovlar so’z chiqib forum tantanali ochilishida ishtirok etishdi.

“TIQXMMI” MTU xam ushbu forumda Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Sh.Raxmonov, professor-o’qituvchilardan I.Bozarov, A.Anarbayev, Sh.Murodovlar hamda talaba va magistrantlar: N.Norkuzieva , A.Karimov , L.Аxmedova va A. Shonazarovalardan iborat delegatsiya bilan ishtirok etmoqdalar.