«TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetida Germaniya Bundestagi deputati Stephan Mayer boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

19.09.2026

#Xalqaro hamkorlik

Delegatsiya tarkibida Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi siyosiy masalalar bo‘yicha attashesi Veronika Korpacheva hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati «Green Central Asia» dasturi rahbari Dr. Karolina Milow ishtirok etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikni, xususan, ta’lim, ilm-fan, ekologiya, suv resurslarini boshqarish, barqaror rivojlanish va akademik almashinuv yo‘nalishlarida yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, talabalarning Germaniyadagi «CLAAS», «FLIEGL» va «GRUBER GmbH» kabi transport kompaniyalarida to‘liq ta’lim jarayoni doirasida amaliy tajriba orttirishini ta’minlash, dual ta’lim va amaliyot dasturlarini tashkil etish bo‘yicha masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ta’lim, ilm-fan va barqaror rivojlanish sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda universitet va Germaniyaning tegishli tashkilotlari o‘rtasida uzoq muddatli va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.