Dual ta’lim asosida amaliyot
18.09.2026
#Ta`lim
#Yangilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi PQ-122-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish fakultetining 4-bosqich talabalari uchun 12-sentabrdan boshlab dual ta’lim asosida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ta’lim yo‘nalishi “UZ CLAAS AGRO” mas’uliyati cheklangan jamiyati, Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash ta’lim yo‘nalishi “AgroTech Klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi talabalari “Asian jam” mas’uliyati cheklangan jamiyati Yuqorichirchiq tumanlarida amaliyot o‘tab kelishmoqda.