Qashqadaryoda dual ta’lim: Talabalar kasbiy tajriba orttirmoqda

18.09.2026

#Ta`lim #Yangilik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi PQ–122-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Yer resurslari va kadastr fakultetining 3-bosqich talabalari Kadastr agentligi tizimida pullik ishlab chiqarish amaliyotini dual ta’lim asosida davom ettirmoqdalar.

🎓 Amaliyot jarayonida talabalar auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini real ish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirib, zamonaviy kadastr faoliyatiga oid zarur kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirmoqdalar.

📚 Talabalarning amaliy tayyorgarligini yanada kuchaytirish maqsadida universitet professor-o‘qituvchilari Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurib, amaliyot jarayonida ishtirok etayotgan talabalar bilan joylarda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etdilar.

📍 Mashg‘ulotlar davomida talabalarning kadastr xaritalarini tuzish, shartli belgilar berish va xaritalarni raqamlashtirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.

💡 Dual talim asosida tashkil qilingan o'quv jarayonlari talabalarning kelgusidagi kasbiy faoliyatga tayyorgarligini oshirish, nazariya va amaliyotni yagona ta’lim jarayonida birlashtirishga xizmat qiladi.

Nazariya — bilim beradi, amaliyot esa uni kasbiy mahoratga aylantiradi!