Joriy yilning 16 sentyabr kuni «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti rektorining tegishli buyrug‘i bilan Botirov Shavkat G‘afurovich «Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash» fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi.

17.09.2026

#Ta`lim #Yangilik

Yangi lavozimda Shavkat G‘afurovichning asosiy vazifalari fakultetda ta’lim sifatini yanada oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, zamonaviy agroinjenerlik texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng joriy etish, professor-o‘qituvchilar va talabalarning ilmiy hamda ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Shuningdek, fakultetning ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, mahalliy va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorligini yanada kengaytirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi.