Professor Abdulatif Muhammed Sadeq «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetining Magistratura dekani etib tayinlandi.
17.09.2026
Abdulatif Muhammed Sadeq Qatar Milliy universitetida (TOP-112) «Mexanika muhandisligi» mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr, magistr va PhD darajalarini olgan. Shuningdek, «Gibrid va elektr transport vositalarini loyihalash va tahlil qilish» yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi magistrlik darajasiga ega.
U ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Qatar universiteti hamda Qatar Harbiy-dengiz akademiyasida, jumladan, akademik ishlar bo‘yicha dekan va mexanika muhandisligi bo‘yicha o‘qituvchi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetining Traktorlar va avtomobillar kafedrasida professor sifatida mehnat qilgan.
Universitet magistraturada ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini takomillashtirish, jozibadorligini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha strategik vazifalar belgilab olindi.