Xorazm viloyatida nasoslarni energiya tejamkorlikka o‘tkazish choralari

17.09.2026

#Ta`lim #Yangilik

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti professori, viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha ilmiy maslahatchisi B.Matyakubov va olimlar ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi PQ-122-son qarori ijrosi yuzasidan Xorazm viloyatida suv xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan tadbirlarning ilmiy yechimlariga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan nasos stansiyalarida amalga oshirilayotgan ta’mirlash, ishlash sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash va yangisini o‘rnatish ishlarining amalda bajarilishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Ishchi guruh tomonidan Xorazm viloyati bo‘yicha nasos agregatlarini tumanlarga taqsimlash va o‘rnatish ilmiy-texnik tomondan o‘rganilib chiqildi.

Viloyat bo‘yicha rejalashtirilgan 270 ta nasos agregatidan 96 tasi xozirgi kunga qadar o‘rnatilgan;

Qolgan qismi yil oxirigacha vegetatsiya davri tugugandan keyin to‘liq tugatilishi rejalashtirilgan.

Ilmiy maslahatchi B.Matyakubov tomonidan Xorazm viloyati sharoitida loyqa suvda ishlatiladigan nasos agregatlaridan samarali foydalanish, energiya tejamkorlikga erishish uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga ilmiy yechim topish bo‘yicha masalalar muhokama etildi va bu borada viloyatda mavjud ilmiy potensialdan foydalanish lozimligi qayd etildi.

Ishchi guruh tomonidan Xorazm viloyatida suv xo‘jaligi sohasida 2026-yilda amalga oshirilayotgan tadbirlar bo‘yicha ilmiy-texnik kuzatish ishlarini amalga oshirish davom etmoqda va zarurat tug‘ilganda ishlab-chiqarish jarayonida ilmiy yechimlar berib boriladi.

 Universitet matbuot xizmati