“TIIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti tayanch doktoranti Nankin shahrida o‘tkazilgan “Belt and Road” xalqaro forumida spiker sifatida ishtirok etdi
17.09.2026
2026-yil 2–4-sentabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Nankin shahri, Jiangsu provinsiyasida “Second Belt and Road Forum on People-to-People Connectivity” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Forum Western Returned Scholars Association (WRSA) tomonidan tashkil etilib, “Bridging Hearts Along the Silk Road, Forging Consensus in Nanjing — Strengthening People-to-People Connectivity for a Shared Belt and Road Community” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda “Belt and Road” hamkor davlatlaridan 150 dan ortiq davlat, diplomatik, biznes va akademik doira vakillari ishtirok etdi.
Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda “TIIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi tayanch doktoranti Jalilova Xumora Abdumo‘min qizi taklif etilgan spiker sifatida qatnashdi.
Forum doirasida Jalilova
Xumora “People’s Well-being and Industrial Cooperation: The Human-Centred
Impact of ‘Small and Beautiful’ Projects” mavzusidagi II parallel sessiyada
ma’ruza qildi. Ushbu sessiyada u “Smart and Sustainable Water Management for
Agricultural Development: Small Projects, Big Impact” mavzusidagi taqdimoti
orqali O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi suv resurslarini samarali boshqarish,
raqamli texnologiyalar, GIS va masofadan zondlash, suv tejovchi sug‘orish
texnologiyalari hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha olib
borilayotgan ishlarni xalqaro auditoriyaga taqdim etdi. Jalilova Xumoraning
aynan II parallel sessiyada ma’ruza bilan ishtirok etishi forumning rasmiy
taklifnomasida ham belgilangan.
Uch kunlik tashrif faqat
spikerlik bilan cheklanib qolmadi. Forum “TIIQXMMI” Milliy Tadqiqot
Universitetining xalqaro ilmiy aloqalarini kengaytirish, yangi hamkorlik
yo‘nalishlarini muhokama qilish va professional tarmoqni rivojlantirish uchun
ham muhim platforma bo‘ldi. Xususan, tashrif davomida Xitoy Fanlar akademiyasi
vakillari va institut rahbarlari bilan ilmiy muloqotlar olib borilib, suv
resurslarini boshqarish, zamonaviy sug‘orish texnologiyalari, raqamlashtirish
va qo‘shma tadqiqotlar bo‘yicha istiqboldagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama
qilindi.
Shuningdek, Xitoyning turli
provinsiyalari, Malayziya va Afrika davlatlaridan tashrif buyurgan olimlar,
mutaxassislar va forum ishtirokchilari bilan yangi professional aloqalar
o‘rnatildi. Muloqotlar davomida kelgusida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib
borish, xalqaro loyihalarda hamkorlik qilish, tajriba almashish, akademik
mobillik va qo‘shma ilmiy nashrlar tayyorlash imkoniyatlari yuzasidan fikr
almashildi.
Forum dasturidan ilmiy va
professional networking bilan bir qatorda, turli mamlakatlar vakillari
o‘rtasida people-to-people connectivity, yoshlar hamkorligi, madaniyatlararo
almashinuv va “Belt and Road” doirasidagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish
masalalari ham o‘rin oldi. Forumning asosiy dasturi 3-sentabr kuni ochilish
marosimi, asosiy ma’ruzalar va uchta parallel sessiyani qamrab olgan.
Mazkur xalqaro forumda “TIIQXMMI”
Milliy Tadqiqot Universiteti vakilining spiker sifatidagi ishtiroki,
O‘zbekiston tajribasining xalqaro maydonda taqdim etilishi hamda tashrif
davomida shakllantirilgan yangi ilmiy aloqalar universitetning xalqaro nufuzini
mustahkamlash, ilmiy hamkorlik geografiyasini kengaytirish va kelgusidagi
qo‘shma loyihalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.