“Dekan kubogi” sport musobaqalari yakunlandi

17.09.2026

#Sport #Yangilik

2026-yilning 16-sentabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan “Dekan kubogi” sport musobaqalari ko‘tarinki ruhda yakunlandi.

Musobaqalar mini-futbol, voleybol, stritbol, stol tennisi, shaxmat-shashka hamda yengil atletika sport turlari bo‘yicha o‘tkazilib, talaba-yoshlar o‘zlarining mahorati, chaqqonligi, matonati va jamoaviy birdamligini namoyon etdilar.

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan musobaqalarda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Munosib natijalarga erishgan jamoalar hamda faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

“Dekan kubogi” nafaqat g‘oliblarni aniqlash, balki talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.

Musobaqalarda faol ishtirok etgan barcha talaba-yoshlarga minnatdorlik bildiramiz, g‘olib va sovrindorlarni esa samimiy muborakbod etamiz!

Sport - salomatlik, birdamlik va yangi g‘alabalar sari yo‘l! 

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash  bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov  Axboroti 

Universitet matbuot xizmati