“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Dekan kubogi” ga start berildi

16.09.2026

#Sport #Ta`lim #Yangilik

2026-yilning 15-sentabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Dekan kubogi” sport musobaqalariga start berildi.

Musobaqalar mini-futbol, voleybol, stritbol, stol tennisi, shaxmat-shashka hamda yengil atletika sport turlari bo‘yicha tashkil etilmoqda.

“Dekan kubogi” fakultet talabalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, jamoaviylik va hamjihatlikni mustahkamlash, shuningdek, sportga qiziqadigan yoshlarning iqtidor va salohiyatini namoyon etishlari uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.

Musobaqalarda ishtirok etayotgan barcha jamoalar va sportchi talabalarga kuch-g‘ayrat, yorqin g‘alabalar va omad tilaymiz!

“Dekan kubogi” - sog‘lom raqobat, jamoaviy birdamlik va g‘alaba sari birgalikdagi qadam!

 “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash  bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov  Axboroti

Universitet matbuot xizmati