“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Dekan kubogi” ga start berildi
16.09.2026
2026-yilning 15-sentabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Dekan kubogi” sport musobaqalariga start berildi.
Musobaqalar
mini-futbol, voleybol, stritbol, stol tennisi, shaxmat-shashka hamda yengil
atletika sport turlari bo‘yicha tashkil etilmoqda.
“Dekan
kubogi” fakultet talabalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish,
jamoaviylik va hamjihatlikni mustahkamlash, shuningdek, sportga qiziqadigan
yoshlarning iqtidor va salohiyatini namoyon etishlari uchun muhim maydon bo‘lib
xizmat qiladi.
Musobaqalarda
ishtirok etayotgan barcha jamoalar va sportchi talabalarga kuch-g‘ayrat, yorqin
g‘alabalar va omad tilaymiz!
“Dekan
kubogi” - sog‘lom raqobat, jamoaviy birdamlik va g‘alaba sari birgalikdagi
qadam!
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov Axboroti
Universitet
matbuot xizmati