Teatr - inson qalbining oynasi
15.09.2026
Prezident Shavkat Mirziyoev 2026 yil 1 iyun kuni madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan uchrashuvda jamiyatimizda milliy ruhni mustahkamlashning ahamiyatiga alohida to‘xtalib, bugun xalqni ilhomlantiradigan adabiyot, yoshlarga faxr va iftixor beradigan kino, qalblarni junbushga keltiradigan musiqa, odamni o‘zini anglashga undaydigan teatr kerakligini alohida ta’kidlab o‘tdilar. Shu boisdan joriy yilning 14 sentabr sanasida "Gidromelioratsiya" fakulteti "Professional ta'lim" kafedrasi professor-o'qituvchilari "O'zgalar dardi" nomli spektaklga tashrif buyurdi.
Spektakl davomida kafedra jamoasi teatr san'atining nafosatidan bahramand bo'lib, insoniylik, mehr-oqibat va o'zgalarning dardiga sherik bo'lish mavzusida chuqur taassurotlarga ega bo'lishdi.
Teatr san'ati xalqning ma'naviy dunyoqarashini boyituvchi, insoniy tuyg'ularni tarbiyalovchi noyob madaniyat sohasidir. Sahna asarlari orqali inson qalbida mehr-shafqat, hamdardlik va yaxshilik tuyg'ulari uyg'onadi, har bir tomoshabin o'zi uchun ibratli xulosalar chiqaradi. Shu bois teatrga tashrif buyurish nafaqat estetik zavq bag'ishlaydi, balki ma'naviy kamolotga xizmat qiladigan muhim vositadir.
"O'zgalar dardi" spektakli insonlar o'rtasidagi mehr-oqibatni, bir-birining holidan xabar olishning naqadar muhimligini yodga soldi shuningdek, insonparvarlik tuyg'ularini shakllantirishda bunday sahna asarlarining o'rni beqiyosdir. Chunki teatr orqali hayotiy qadriyatlarni his qiladi, o'zgalar dardiga sherik bo'lishni o'rganadi va ma'naviy jihatdan kamolga yetadi.
Ushbu tashrif kafedra jamoasi o'rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, hamda badiiy-estetik didini yuksaltirishga xizmat qildi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti "Professional ta’lim" kafedrasi mudiri D.I.Muqumova axboroti